Lyrics
Boshqalar ko'zida ko′ngil yagona.
Mening qalbim har dam sizga devona,
Ko'zingizda ko'rdim o′zga ayolni,
Begim, yig′ib oling, deydi xayolni.
Aslo o'ylamang, orqaga yo′l yo'q,
Sizga javob yo′qdir, ko'ngil bo′lsin to'q.
Lekin yurak og'rir, tegdi bitta o′q,
Ko′zingizda ko'rdim o′zga ayolni,
Begim, yig'ib oling, deydi xayolni.
Farzandlar ko′ziga qanday qarayman?
Endi men sizni kim deb atayman?
Mag'rur boshim egib, o′yga ketay man,
Ko'zingizda ko'rdim o′zga ayolni,
Begim, yig′ib oling, deydi xayolni.
Unga xo'b yoqasiz – davlatingiz bor,
Sizni xush ko′radi, savlatingiz bor.
Ammo bir kun sizni qilar xoru-zor,
Ko'zingizda ko′rdim o'zga ayolni,
Begim, yig′ib oling, deydi xayolni.
Siz bilan boraman, o'tga-cho'qqa ham,
Bir burda nonni ko′raman baham.
Endi ketmayman deb ichasiz qasam,
Ko′zingizda ko'rdim o′zga ayolni,
Begim, yig'ib oling, deydi xayolni.
Ko′zingizda ko'rdim o′zga ayolni,
Begim, yig'ib oling, deydi xayolni.
Bizlar qachon bo'ldik begona?
Music Video
About
Artist Hilola Hamidova
Added 3 months ago
Popular Now
Tung tung tung sahur (English Translation)
Genius English Translations • 5,863 views
Sherine - Batmana Ansak (English Translation)
Genius English Translations • 1,807 views
Pikiran yang Matang
Perunggu • 1,350 views
AKUGETSU - Mi Vida Loca (VIVINOS - ALNST Sub : Till Part.1)
Genius English Translations • 1,158 views
Saja Boys - Soda Pop (Romanized)
Genius Romanizations • 1,105 views